“Navbahor” - “So‘g‘diyona” uchrashuvining ham vaqti o‘zgardi

  • 30 aprel, 2019, 13:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Namangan shahridagi stadionning qayta foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etadi.

Xabaringiz bor, “Navbahor” klubi o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi stadion maysasi talab darajasiga keltirildi. Undagi ilk rasmiy bellashuvni ko‘plab futbol muxlislari intizorlik bilan kutishmoqda. 4 may kuni “Navbahor” mana shu stadionda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi. Superligasining 7-turidan joy olgan uchrashuv ochilish marosimi nuqtai nazaridan kech soat 19:00da boshlanadi.

Avvalroq O‘FA birinchi vitse-prezidenti Andijondagi “Sog‘lom avlod”ning qayta ochilishida ham ishtirok etgandi. Bungacha esa u Surxondaryoga tashrif buyurib, “Surxon” futbol klubi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!