"Navbahor" klubi futbolchisi koronavirusdan tuzalib, mashg‘ulotlarga qo‘shildi

  • 6 avgust, 2020, 23:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Coca Cola Superliganing 10-13-turlar bahslari markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur o‘yinlarga tayyorgarlik olib borayotgan “Navbahor” a’zolari mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kmoqda. Andrey Kanchelskis shogirdlari bugun ham mashg‘ulotni davom ettirdi.

Tecno

“Lochinlar” bugungi tayyorgarlik jarayonini “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydonida olib borishdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilardan tashqari, jamoaning barcha a’zolari ishtirok etdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoaning koronavirus infektsiyasi sababli, izolyatsiyaga olingan futbolchisi ham ma’lum muddatli karantindan so‘ng, bugungi mashg‘ulotda qatnashdi. Ammo klub aynan qaysi futbolchi virusdan tuzalganini ochiqlamagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!