"Navbahor" murabbiyi "Loko" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?

  • 14 mart, 2021, 19:22
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" "Navbahor" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda "lochinlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Viktor Jalilov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Albatta, har ikki jamoa birinchi turdagi mag‘lubiyatdan keyin noqulay vaziyatga tushib qolgandi. Bu esa tabiiyki, futbolchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aynan psixologik jihatdan bu o‘yin juda og‘ir o‘tishi oldindan ma’lum edi. O‘ylashimcha, uchrashuv keskinligi va murosasizligi bilan muxlislarga yoqdi. Har ikki jamoa maydonda faqat g‘alabani o‘ylab to‘p tepdi. Bizga biroz omad kulib boqdi. Meni eng ko‘p quvontirgan jihat shundaki, nafaqat VAR yordamida, balki avval bo‘lganidek, o‘yindan gol urishning ham imkoni bor ekan.
Yigitlarga g‘alaba uchun borlarini berishganidan juda mamnunman. Bitta penaltidan foydalana olmaganimizga qaramay, o‘yinni g‘alabaga olib borishganidan xursandman. “Qora chiziq”dan qutulishni uddalashdi. “So‘g‘diyona” bilan uyimizda o‘tgan o‘yinda ham ko‘plab vaziyatlar bo‘lgandi, afsuski, o‘shanda biroz omad kulib boqmagandi. Bugun esa omad biz tomonimizda bo‘ldi.

Raqibga ham o‘yin uchun rahmat aytaman. “Lokomotiv” ham yaxshi shakllangan jamoa. Murabbiy imzosi ham sezilib turibdi. Paslar bilan, kombinatsion o‘yin tashkil etishga intilishmoqda. O‘ylashimcha, bugungi natija adolatdan bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni ancha kuchaytirdik va bu o‘z so‘zini aytdi. G‘alabaga yaqin edik va g‘alaba qozondik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин. Ш.И
14/03/2021 19:58
Баракалла Навбаҳор.
Баракалла Жалилов, Навбаҳор билан иккинчи маратоба ОЛТИН МЕДАЛ олиш шу буйилни ўзидаёқ биринчи уринишдаёқ насиб айласин.
Олға ЛОЧИНЛАРИМ !!!