“Navbahor” sezilarli farq bilan oldinda…

  • 18 aprel, 2023, 13:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

14 aprel – 17 aprel kunlari Superligada 6-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. 

“Navbahor” o‘z uyidagi “Andijon”ga qarshi vodiy derbisida qiyin g‘alabaga erishdi. “Surxon” “Qizilqum” bilan o‘yinda durang qayd etdi. “So‘g‘diyona” bir kishi kam bo‘lib qolgan “Paxtakor”dan engildi. “Olimpik” Toshkentda “Buxoro”ni taslim etdi. Ulug‘bek Baqoev qatorasiga 2-bahsda mag‘lubiyatga uchradi.

IMG_4643

“Metallurg” o‘rganib qolgan Toshkent viloyati derbisida OKMKdan 3 ochko oldi. Olmaliqliklar esa “an’anani” davom ettirib bu bellashuvda ham qizil kartochka ishladi. “Neftchi” bosh murabbiysiz qolgan “Turon”ni yuta olmadi.

“Bunyodkor” ancha shovqinli o‘tgan o‘yinning oxirida gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi…

IMG_4703

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

6-turda stadionlarimizga jami 33079 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 4726ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Namanganda. “Markaziy” arenadagi “Navbahor” - “Andijon” o‘rtasidagi vodiy derbisini 16250 tomoshabin stadiondan kuzatdi. Vodiydagi yana bir derbi - “Neftchi” - “Turon” uchrashuviga 5345 ishqiboz tashrif buyurdi.

photo_2023-04-18_09-49-11

Turning markaziy bahsi “Bunyodkor” – “Nasaf” qarama-qarshiligini 3203 ishqiboz arenadan tomosha qildi. E’tiborga molik tomoni, Toshkent viloyati derbisiga bu bellashuvdan ko‘ra ko‘proq muxlis keldi - 4582.

Eng kam tomoshabin Toshkentda. “Olimpik”ning “Buxoro” ustidan qozongan g‘alabasini 286 kishi stadiondan kuzatdi xolos.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Navbahor” - “Andijon” 1:0. 16250 tomoshabin

“Neftchi” - “Turon” 1:1. 5345 tomoshabin

“Metallurg” - OKMK 2:0. 4582 tomoshabin

“Bunyodkor” - “Nasaf” 1:1. 3203 tomoshabin

“Qizilqum” - “Surxon” 0:0. 2331 tomoshabin

“Paxtakor” - “So‘g‘diyona” 2:1. 1082 tomoshabin

“Olimpik” - “Buxoro” 1:0. 286 tomoshabin




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!