"Navbahor" uzoq kutilgan transferni e’lon qildi!

  • 1 yanvar, 2022, 01:00
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali himoyachi Stanislav Andreev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Futbolchilik faoliyatini 2006 yili Sariosiyoning “To‘palang” jamoasida boshlab, mazkur klub tarkibida 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Tecno

Stanislav 2007-2018 yillar davomida Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o‘ynab, “sherlar” tarkibida 210 ta bahsda maydonga tushib, 25 ta gol urgan hamda poytaxtliklarning o‘sha mavsumlardagi muvaffaqiyatlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

2018 yilning 2-davrasida Bekobodning “Metallurg” klubi tarkibiga qo‘shilgan Andreev ushbu klub tarkibida o‘tgan mavsum yakunigacha to‘p tepib, bekobodliklar tarkibida 90 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol urdi.

Stanislav Andreev 2009-2017 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘ynab, bosh jamoamiz tarkibida 39 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
O‘tkirxoja Axmedov
01/01/2022 12:00
Зайибал наххуй бу шу камиди навбахорга хозир бу кари уйинчини бабаянга кушиб юукотиш керак
PROSTO TELE
01/01/2022 11:27
Энг катта хато! Самая большая ошибка. Мирзохидга энди урин йук эканда Навбахорда. Эссиз Мирзохид уша Бабани углидан яхши эди.