
"Navbahor" va AGMK klublari o‘rtasidagi o‘yinlarda kim ko‘proq g‘alaba qozongan?
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" hamda AGMK o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur bahs oldidan "lochinlar" matbuot xizmati o‘yinga doir bir necha ma’lumotlarni taqdim etdi:
"Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 27 marta kuch sinashgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 12 marta, namanganliklar esa 7 marta zafar quchgan. Sakkizta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 37:34, AGMK foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 44 ochkoni, “lochinlar” esa 29 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1.
Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:
2008 yil
“Navbahor” - OTMK - 2:0 (1:0)
Gollar: Sh.Mirxoldirshoev (25), D.Hojiev (85).
OTMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Sh.Mullajonov (66) - Sh.Sharipov (10).
2009 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:0
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)
Gollar: S.Usmonxo‘jaev (27), B.Haydarov (72-pen.).
2010 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (0:0)
Gollar: I.Ergashev (64), M.Mamazulumov (85) - G‘.Jo‘raev (51).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: N.Otaqo‘ziev (68).
2011 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: Z.Pirimov (80).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 0:3 (0:1)
Gollar: A.Sultonov (42,67), A.Abdullaev (88).
2012 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 1:0 (1:0)
Gol: A.Vostrikov (7).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:0)
Gollar: S.Hamidov (8,20), J.Irismetov (60) - S.Berdiev (74).
2013 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:4 (1:1)
Gollar: Sh.Erkinov (6), D.Turopov (52), E.Gogol (81) - A.Bahriddinov (28,54), R.Ahmedov (67,70).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 1:3 (1:3)
Gollar: S.Hamidov (5) - O.Jo‘raboev (23), S.Shoahmedov (32,35).
2014 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:1)
Gol: B.Yoqubov (36), Sh.Erkinov (39,63) - Sh.Hakimov (28).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:1 (1:1)
Gollar: A.Isroilov (6),S.Shoahmedov (52,83) - Sh.Erkinov (31).
2015 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 2:2 (1:1)
Gol: Sh.Erkinov (38,68) - Sh.Salomov, (45+2), A.Omonov (59).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (1:0)
Gollar: S.Quttiboev (5,65) - D.Jabborov (69).
2016 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (2:0)
Gollar: A.Omonov (4), F.Tojiev (22) - A.Rajabov (71).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:3 (0:2)
Gollar: A.Abdullaev (47), I.Isoqjonov (49), A.Mahmudov (72) - X.Muxtorov (7), M.Isaev (28), A.Amanov (50).
2017 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: S.Rixsiboev (13), I.Yelich (89) – O.O‘runov (90).
“Navbahor” – “Olmaliq” – 1:1 (0:0)
Gollar: N.Yovanovich (83) – Sh.Mullajonov (90+2).
2018 yil
AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:0)
Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg‘unboev (50), D.Jabborov (90+2).
“Navbahor” – AGMK – 1:0 (1:0)
Gol: D.Stanoevich (15).
2019 yil
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Sh.Norbekov (90+3) – A.Kasyan (7).
“Navbahor” – AGMK – 0:1 (0:1)
Gol: Z.Polvonov (41).
2020 yil
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:0)
Gollar: Azizbek Turg‘unboev (22) – Yovan Jokich (90+2).
“Navbahor” – AGMK – 0:0
2021 yil
AGMK – “Navbahor” – 2:1 (1:1)
Gollar: Sanjar Tursunov (26-penalti), Shohruh Gadoev (71) - Slavisha Stoyanovich (44-penalti).
Mazkur klublarning shu kungacha Namanganda o‘tkazilgan 13 ta bahsidan 4 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 4 ta o‘yinda olmaliqliklar zafar quchishgan, 5 ta uchrashuvda esa jamoalar durangga imzo chekkan. To‘plar nisbati – 16:14, “lochinlar” foydasiga.
Ushbu jamoalarning joriy mavsumning 1-davrasida Olmaliqda bo‘lib o‘tgan bahsida mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” - AGMK uchrashuvi 10 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 19:00da start oladi".
"Navbahor" matbuot xizmati.
Fikrlar