
"Navbahor" va Andrey Kanchelskis o‘rtasidagi muammo bo‘yicha FIFA hukm chiqardi
Qatarda faoliyati yuritayotgan taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida "Navbahor"ning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskisning namanganliklarga qarshi da’vosi bo‘yicha ma’lumotni e’lon qildi.
- FIFA futbolchilar maqomi qo‘mitasi hakami Yoxan van Galen "Navbahor" sobiq ustozi Andrey Kanchelskisning "lochinlar"ga qarshi ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Afsuski, qaror murabbiy foydasiga bo‘lib chiqdi. Qabul qilingan da’volarning foizlar bilan qo‘shib hisoblaganda 1,6 million dollardan oshdi.
"Navbahor" bu summani 30 kun ichida to‘lashi kerak, - deya ma’lum qildi Alisher Nikimbaev.
Fikrlar