"Navbahor"da yangi legioner

  • 10.02.2021 21:14
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning Belek shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan "Navbahor" jamoasi tarkibiga yangi legioner qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, namanganliklar safini serbiyalik Slavisha Stoyanovich to‘ldirishi mumkin. Mazkur futbolchi "lochinlar"ning ertangi mashg‘ulotlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun:
Slavisha Stoyanovich (Slaviša Stojanović)
Tug‘ilgan sanasi: 1989 yil 27 yanvar (32 yosh)
Tug‘ilgan joyi: Smederevo, Serbiya
Bo‘yi: 1.79 m
Forvard, ikkinchi hujumchi va hujumkor yarim himoyachi pozitsiyalarida o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!