"Navbahor"ning asosiy futbolchilaridan biri jamoani tark etadimi?

  • 23.11.2020 17:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Navbahor" sharafini himoya qilayotgan O‘tkir Yusupov borasida oxirgi paytlarda turli xabarlar tarqalmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda unga "Paxtakor" tomonidan qiziqish borligi aytilgan.

Ushbu gap so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida darvozabon muxlislarga murojaat qildi. Unda O‘tkir Yusupov hammasi joyida ekanligi, jamoaga befarq bo‘lmaganlar xotirjam bo‘lishlari va u Namangandagi faoliyatini davom ettirishini bildirgan.

O‘tkir Yusupov 2019 yilning boshida "Navbahor"ga ko‘chib o‘tgandi. Undan avval esa, "Qo‘qon-1912", "Neftchi" kabi jamoalar darvozasini qo‘riqlagan.

28.08.2020 Navbahor 0-1 Kokand (10)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!