"Navbahor"ning mashg‘ulotlarini No‘’mon Hasanov o‘tkazmoqda, Kanchelskis esa Rossiyaga ketgan

  • 8 oktabr, 2020, 15:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Navbahor” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa a’zolari mashg‘ulotlarga kirishgan. Soca Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Metallurg” jamoasiga qarshi kechadigan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Shuni aytish joizki, jamoa mashg‘ulotlarini No‘’mon Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib bormoqda. Ammo hali “Navbahor” tarkibi to‘liq ko‘rinishda emas. Milliy terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishayotganligi bois, Igor Golban hamda Azizbek Turg‘unboev, shuningdek, o‘z yurtiga jo‘nab ketgan rossiyalik legionerlar hamda ma’lum sababga ko‘ra, yarim himoyachi Javlon Ibrohimov qatnasha olmayapti.

Ma’lum bo‘lishicha, legionerlar 9 oktyabr kuni klub ixtiyoriga etib keladi. Shuningdek, yarim himoyachi Abdujamol Isroilov umumiy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Ko‘pchilikni bosh murabbiy Andrey Kanchelskis masalasi ham qiziqtirayotgani turgan gap. U ham chempionatimizda yuzaga kelgan tanaffus tufayli Rossiyaga ketgan va 10 oktyabrda qaytishi kutilmoqda.    

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
08/10/2020 16:55
Agar Navbahorda bor tarkib Nasafda bo‘lganda, Nasaf OCHL da g‘olib bo‘lardi.
&
Abdulla Qodirov
08/10/2020 20:13
Kim borakan navbahorda? Nasafdagi tarkib bunyodkorda boganda chempion bolardi
SHAXBOZ BEKMURODOV
08/10/2020 21:37
men Nasaf va Bunyodkorni tarkibini teng kuchli deb bilaman, Navbahorni tarkibi zirxlangan tankka uxshaydiku, tarkib bo‘yicha pax, agmk, nov, bular bir, ikki uchunchi urinda turadi, lekin uyini chiqmayabdi startni yaxshi boshlagandi. Bunyodkor azaldan quvnoq jamo muhlislik qilmaymanu lekin menga yoqadi. Uzim NASAFNI ashaddiy muhlesiman.