
"Navbahor"ning sobiq ustozi: Bugungi kunda APLda 60-70 million evro maosh olgan bo‘lardim...
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi va “Navbahor”ning sobiq ustozi Andrey Kanchelskis bugungi kunda Angliya chempionatidagi eng katta maoshlardan birini olishi mumkinligini aytdi. Uning aytishicha, faqat afsonaviy hujumchilar Alan Shirer va Erik Kantona undan ko‘p maosh olishlari mumkin edi.
“Men tushunmayapman, nega Rossiyada odamlar futbolchilarga qancha maosh to‘lashlarini eshitib hayron qolishadi! Agar pul bo‘lsa, nega to‘lamasligi kerak? Evropada ularga bundan ham ko‘proq pul berishadi. Odamlar ahmoqona hasad qilishadi!
Yaqinda Angliyaga bordim va u erda odamlar men o‘ynagan davrdagi futbolchilarni hozirgi futbolchilar bilan solishtirishdi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda Premer-ligada o‘ynaganimda chempionatning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda bo‘lardim va yiliga 60-70 million evro maosh olardim. Alan Shirer birinchi, Erik Kantona ikkinchi, men uchinchi o‘rinda. Kimlardir bizning o‘tmishdagi maoshlarimizni hozirgi kundagi qiymatga o‘tkazdi va natijada shunday hisob-kitob chiqdi. Ammo vaqtimiz o‘tdi, hasad qilishning hojati yo‘q.
Har kuni hayotdan zavqlaning va boshqalarga hasad qilmang - bu eng yomoni! Agar odam katta pul topsa, Xudo unga baraka bersin! Iloji bo‘lsa undan ham ko‘proq pul topsin. Har birimizda oq-qora hasad bor, lekin hasad qilishning hojati yo‘q - buni esda tuting”, - dedi Kanchelskis RB Sport nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Andrey Kanchelskis 1991-1995 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan va 123 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar
Navbahorda chichib quydizu