
"Navbahor"ning yoshlar jamoasiga murabbiy tayinlandi
Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan "Navbahor" klubining nafaqat asosiy tarkibida, balki murabbiylar shtabida ham o‘zgarishlar kuzatilganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Bosh murabbiy Sergey Lushchanning bu yilgi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassislar ham qo‘shildi.
O‘tgan yili Lushchanga asosiy jamoada yaqindan yordam berib kelgan mahalliy murabbiy Sherzod Jo‘raev yangi mavsumda boshqa lavozimga o‘tkazildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Sherzod Jo‘raev endilikda "Navbahor" U21 jamoasi murabbiyi etib tayinlangan.
Fikrlar