
"Neftchi" o‘z etakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi (Foto)
G‘ulom-Haydar G‘ulomov "Neftchi"ning ishonchli va malakali yarim himoyachilaridan. U jamoaning tayanch yarim himoyasida fidoyilik namunasini ko‘rsatib kelmoqda. Shu bois, uning o‘z jamoasida kelgusi yilda ham to‘p tepishga rozi ekanligi inobatga olindi va shartnoma imzolandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa tarkibida o‘tgan mavsumni to‘liq o‘tkazgan G‘ulom-Haydar G‘ulomov maydonda 2177 daqiqa harakat qilib, eng ko‘p o‘ynagan futbolchi sifatida e’tirof etildi.
Fikrlar