"Neftchi" sobiq murabbiyini qaytardi

  • 28 sentabr, 2020, 19:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Samarqand safaridan qaytib kelgan “Neftchi” jamoasi Qirgulidagi qarorgohida to‘planib, keyingi 9-tur bellashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tecno

8-tur oldidan Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasi O‘zbekiston chempionatini tark etganligi sababli jamoa a’zolariga boshqa klublar bilan shartnoma imzolab, faoliyatlarini davom ettirish huquqi taqdim etilgandi. Shunga muvofiq, “Istiqlol” jamoasining ikki nafar futbolchisi - Rustam Abduhamidov hamda Umar Adhamzoda “Neftchi” bilan  shartnomani rasmiylashtirdi.

Undan oldin esa, “Navbahor” safida to‘p surgan Anvarjon Hojimirzaev va Qirg‘izistonda faoliyat yuritib kelayotgan Sirojiddin Allaev ham “Neftchi” bilan shartnoma tuzgandi.

Shuningdek, karantin tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng, "Neftchi" safiga “Qo‘qon-1912” klubida ijara asosida o‘ynagan himoyachi Shodiyor Hojimatov hamda farg‘onaliklar safida ilgari to‘p surgan  Pavel Smolyachenkolar qo‘shilganini aytish lozim.

Bundan tashqari, “Istiqlol” jamoasida bosh murabbiy vazifasida ishlab kelgan Sergey Lebedev ham qadrdon jamoasiga qaytdi va endilikda murabbiylik faoliyatini “Neftchi”da davom ettirgan holda bosh murabbiy Asad Do‘rmonovga yaqindan yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!