"Neftchi"ni Superligaga yaqinlashtirgan o‘yindan keyin Ilhom Mo‘minjonovning munosabati qanday?

  • 12 sentabr, 2021, 22:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun pro-liganing 18-turida Farg‘onada “Neftchi” – “Buxoro” ishtirokida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, Superliga uchun yana bir qadam yaqinlashdi.

“Neftchi” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

- Bugungi qozonilgan g‘alaba bilan futbolchilarni hamda muxlislarimizni tabriklayman. Aytib o‘tish lozim, bugungi o‘yin ancha qiyin kechdi. Yigitlarimiz yaxshi harakatlari bilan birga murabbiylar tomonidan qo‘yilgan vazifa va ko‘rsatmalarni uddalagan holda, chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritib, ochkolar sonini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Birinchi bosqich bahslari yakuniga etdi. Endi ertaga bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimidan so‘ng ikkinchi bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlab, ochkolar yig‘ishda davom etamiz.

Doston Toshmatovga kelsak, u mahoratli o‘yinchi. O‘tgan yilgi mavsumda chiroyli o‘yini va gollari bilan o‘zini nimalarga qodir ekanligini isbotlab berdi. Bugun garchi o‘yin oxirida tushgan bo‘lsa ham keyinchalik unga asta-sekin imkoniyat beramiz. Lekin hozirgi kunda jamoamizda raqobat kuchli bo‘lganligi tufayli to‘purarimiz Marko Obradovichni maydonga tushirmoqdamiz. Shuni evaziga Doston zaxira o‘rindig‘ida qolib ketmoqda. Ammo, qaytaraman, keyingi o‘yinlarda unga albatta imkon berib, o‘ynatishga harakat qilamiz.

U-18 yoshlar jamoamiz bugungi kunda birinchilikda peshqadamlik qilib kelmoqda. Jamoada iqtidorli yoshlar borligi bejizga emas. Oldimizga qo‘yilgan vazifalarni uddalasak, yoshlarimizni ham o‘yinlarga jalb qilamiz, - deydi Ilhom Mo‘minjonov.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!