
"Neftchi"ning "Buxoro"ga qarshi o‘yinlar statistikasi qanday?
"Neftchi" klubi chempionatning navbatdagi bahsida mehmonda "Buxoro"ga qarshi maydonga tushadi. Farg‘onaliklar mazkur tur oldidan prevyuni taqdim etdi.
Milliy chempionatimiz doirasida pro liga hamda Superligada to‘qnash kelgan jamoalar jami 56 marta o‘zaro uchrashgan bo‘lib, bularning 16 tasida "Buxoro" g‘alaba qozongan, 4 ta o‘yin durang bilan yakun topgan va 36 ta bahsda "Neftchi" ustun kelgan. Umumiy to‘plar nisbati 51-105 farg‘onaliklar foydasiga.
Jamoalarning bu qarama-qarshilikdagi eng yirik g‘alabalari 1994 yilga to‘g‘ri keladi. Buxorodagi o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Farg‘onada esa "Neftchi" 5:0 hisobida ustun kelgan.
Buxoroda qayd etilgan oxirgi 6 ta uchrashuv natijalari:
Pro liga
07.04.2021. "BUXORO"-"NEFTChI" 1:4
30.05.2021. "BUXORO"-"NEFTChI" 2:0
SUPERLIGA
19.07.2018. "BUXORO"-"NEFTChI" 0:0
07.04.2017. "BUXORO"-"NEFTChI" 3:0
16.06.2016. "BUXORO"-"NEFTChI" 2:0
05.11.2015. "BUXORO"-"NEFTChI" 3:1
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
Fikrlar