Nega «Nasaf»ga qaytdi? «Ajdarlar»ning chempionlik va AFK kubogida imkoniyati qanday? Denis Ivankov bilan intervyu

  • 24 aprel, 2021, 15:47
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiyi - Denis Ivankov «Nasaf»ga qaytganidan xabaringiz bor. Shu bois, uni suhbatga tortdik.

- Qarshiga qaytib kelishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Birinchi navbatda ishlashga bo‘lgan katta ishtiyoq. Gap shundaki, men uzoq muddat bekor qolishga o‘rganmaganman. Boz ustiga, hozir «Nasaf» katta musobaqa boshida turibdi. Unga va vatanimizga shu yo‘sinda yordam berish maqsadida ortga qaytdim.

- Nega aynan «Nasaf»? Sizda boshqa takliflar ham bor edimi?

- Bor edi, lekin hech birini «Nasaf» singari yuragimga yaqin emas. Men Qarshi farzandiman va doim kerak paytda ularga yordam berishga tayyorman.

ah2

- Terma jamoadagi o‘rningiz saqlanib qoladimi?

- Albatta, bu borada UFA bilan kelishib oldik. Shuningdek, «Nasaf» jamoasi rahbarlari bilan ham. Ikki ishni bir-biridan kam qilmay yuqori tempda olib ketish sharti bilan Qashqadaryoga qaytdim.

- «Ajdarlar» bilan shartnoma muddatini ayt olasizmi?

- Hozircha 1,5 yillik bitimga imzo chekdik. Agar voqealar rivoji yaxshi ko‘rinish olsa, ko‘p o‘tmay kontrakt uzaytirilishi mumkin.

- Sizni qanday kutib olishdi?

- Juda ham iliq qarshi olishdi. Ayniqsa, stadionga kirib kelganimda qarsak chalishgani g‘alati bo‘ldi. Men bu yigitlarni bolalik chog‘idan beri bilaman. Ular bilan bir oila edik. Men o‘z oilamga qaytdim deb hisoblayman.

- Hozirgi «Nasaf»da MTJ da to‘p surishga qodir iqtidorli futbolchilar bormi?

- Albatta bor! Bo‘lmasa, tez orada bir nechtasini topib beramiz (kuladi).

- Ayni damda, «Nasaf»ning chempionlik uchun kurash olib borishga qurbi etadimi?

- Musobaqa endi boshlandi. Hozirdan hech kimni chempionlik uchun asosiy da’vogar yoki autsayder demagan bo‘lar edim.

- Aytingchi, kichik byudjet bilan grand klublarni chempionatda ortda qoldirish mumkinmi?

- Imkoni bor, ammo buni nima keragi bor? Agar hamma kuchli futbolchilar boshqa klublarga o‘tib ketsa, kichik byudjet bilan chempion bo‘linsa, unda chempionat saviyasi tushib ketadiku! Yaxshisi, barcha klublarimizda pul bilan muammo bo‘lmagani ma’qul. Ana shunda, turnirdagi o‘yinlar darajasi ortadi. Menimcha, hozirgi zamonda bu juda ham muhim.

yahc

- «Nasaf» AFK kubogida ishtirok etadi. Jamoaning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Turnirda faqat chempionlik uchun harakat qilamiz. Buni uddalashning imkoni bor. «Nasaf» sovrinni avval ham qo‘lga kiritgan. Shaxsan men, yigitlarning potentsialiga umuman shubha qilmayapman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!