
Nemis grandlari “Barsa”dan norozi futbolchini olib ketadi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” o‘zi tarbiyalayotgan iste’dodli futbolchilardan yana birini qo‘ldan chiqarishga yaqin turibdi.
18 yoshli yarim himoyachi Noa Darvix Bundesliganing bir necha klublari nishoniga tushdi. Aslida “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bu o‘yinchisi mavsumlar oralig‘idagi yig‘inlarda sinab ko‘rishga qarshi emas. Biroq Noaning o‘zi unga etarli darajada e’tibor qaratilmayotgani va o‘yin amaliyoti berilmayotganidan norozi.
“Barselona” bu futbolchini 2023 yilning yozida “Frayburg”dan 2,5 million evroga xarid qilgandi.
Sport nashrining yozishicha, Darvix klubdan ketish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan va fikridan qaytmasligi aytilmoqda.
“Barselona” bu vaziyatdan chiqish uchun o‘z o‘yinchisini Bundesligaga ketishiga qarshilik qilmaydi. Klub mutasaddilari futbolchining transfer shartnomasiga uni qayta sotib olish huquqi belgilangan bandni kiritmoqchi.
Ayni paytda Noa Darvix uchun kurashayotgan Bundesliganing bir necha klublari orasida “Borussiya Dortmund” va “Shtutgart”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.
Fikrlar