Neymar hayajonda katta gapirib qo‘ydi!

  • 21.12.2025 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Santos” klubi hujumchisi Neymar 2026 yilgi jahon chempionati finalida Braziliya terma jamoasi uchun gol urishga va’da berdi.

Tecno

- Agar biz finalga chiqsak… men gol urishga va’da beraman,  - dedi Neymar.

Uning gaplarini taniqlik insayder va jurnalist Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida keltirdi.

Braziliya terma jamoasi jahon chempionatining “S” guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya futbolchilariga qarshi o‘ynaydi.

Joriy mavsumda Neymar “Santos” safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ta’kidlash joizki, Karlo Anchelotti Neymarning jahon chempionatida ishtirok etishini hali kafolatlagani yo‘q. Italiyalik mutaxassis mundial oldidan qaysi futbolchi to‘liq tayyor bo‘lsa, ana o‘shalarni o‘ynatishini ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!