“Neymar hurmatim tugul, nazarimga ham arzimaydi!”
“Marsel” himoyachisi Alvaro Gonsales PSJ bilan o‘yinda Neymar bilan yuzaga kelgan mojarodan keyin braziliyalik futbolchi u bilan aloqaga chiqmaganini ta’kidladi.
- Baxtimga adolat qaror topdi. Menga qo‘yilgan ayblovlarning bari yolg‘on bo‘lib chiqdi. Hamma sudyalar meni himoya qildi. Neymar mening hurmatim tugul, nazarimga ham arzimaydi. Bu muammoni o‘zaro gaplashib hal qilish mumkin edi, lekin u men bilan aloqaga chiqmadi. Men irqchilik qiladigan odam yashay olmaydigan shaharda istiqomat qilaman. Neymar uyida maza qilib o‘tirganida mening ustimda mag‘zava ag‘darishayotgan edi, - dedi Gonsales.
PSJ o‘z maydonida “Marsel”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan uchrashuvda Neymar Alvaro Gonsales bilan janjallashib qolgan edi. Keyin tomonlar bir-birini irqchilikda aybladi.
Fikrlar