
Neymar ikki grand klubga taklif qilindi
Neymarning agenti braziliyalikning Evropaga qaytishini ta’minlashga urinmoqda. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining agenti Pini Zaxavi "Santos" hujumchisining xizmatlarini "Barselona" va "Bavariya"ga taklif etgan. Neymarning oilasi Kataloniya klubini futbolchi uchun eng to‘g‘ri variant deb hisoblamoqda.
Hozircha 33 yoshli futbolchi "Barsa"ning qiziqishini unchalik jalb etmayapti. Buning sabablaridan biri shuki, kataloniyaliklar tarkib uchun xarajatlar chegarasini oshirish va yangi o‘yinchilarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bir nechta futbolchilarni sotishlari kerak. Biroq, transfer imkoniyati butunlay rad etilmayapti.
"Bavariya"da ham Neymarni transferlar oynasidagi ustuvor maqsad sifatida ko‘rishmayapti.
Ma’lumot uchun, Neymar qishki transferlar oynasida "Al-Hilol"dagi 1.5 yillik faoliyatidan so‘ng, o‘zining qadrdon "Santos" klubiga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar