Neymar og‘ir ahvolda yoxud superhujumchi futboldan ketishi mumkin

  • 30 noyabr, 2016, 09:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite "Barselona" hujumchisi Neymar Ispaniya sudi bilan bog‘liq muammo tufayli murakkab vaziyatga tushib qolganidan xavotirdaligini ma’lum qildi. Chunki Ispaniyada Neymarni futboldan chetlatish va besh yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qilishmoqda.
 
- Agar inson o‘z ishiga sho‘ng‘ib ketsa, muammolar yo‘q bo‘lib ketadi, degan gap g‘irt yolg‘on, - dedi Tite. - Muammoalar Neymarga va uning o‘yiniga ham albatta salbiy ta’sir o‘tkazadi. Hozir o‘z maslahatlari bilan unga yordam beradigan odamlar kerak.
 
Neymar 2013 yilgi transfer ishi tufayli yuzaga kelgan mojarodan qutila olmayapti. Uning "Santos"dan "Barselona"ga o‘tishida vositachi bo‘lgan DIS investitsiya kompaniyasi Neymarni besh qilga qamashni talab qilmoqda. Ispaniya sudi esa "Neymar ishi" bo‘yicha surishtiruvlarni qayta boshladi.
 
"Neymar ishi"da braziliyalik futbolchi va uning otasidan tashqari, "Barselona"ning avvalgi prezidenti Sandro Rosel, hozirgi rahbari Xosep Mariya Bartomeu, "Santos"ning sobiq prezidenti Odilo Rodriges ham aybdor deb topilishi mumkin. Chunki DIS kompaniyasi ularning barchasi kelishgan holda firibgarlik qilganini va ularning barchasini qamash kerakligini iddao qilmoqda.
 
Ushbu kompaniya vakillari talabiga ko‘ra, "Barselona" Neymar uchun to‘lagan pulning 40 foizini olishi kerak bo‘lgan. Biroq, kompaniyaga 17,1 million evro berilgan. Neymarning transfer summasi 83,3 million evroni tashkil qilgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!