Neymar: "Tizzamni operatsiya qilishga to‘g‘ri keladi"

  • 08.12.2025 22:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Santos" hujumchisi Neymar chap tizzasiga operatsiya qilinishini ma’lum qildi.

33 yoshli futbolchi mavsumning so‘nggi qismida jarohat bilan o‘ynagan bo‘lsa-da, Braziliya chempionatining oxirgi 4 uchrashuvida 5 ta gol urdi. Bu natijalar klubga kelgusi mavsum uchun A Seriyada qolish imkonini berdi.

Neymar joriy mavsumda aprelda start olgan chempionatning 38 ta turidan bor-yo‘g‘i 19 tasida maydonga tushdi. Uning hisobida 8 ta gol mavjud.

"Men bu erga jamoaga qo‘limdan kelgancha yordam berish uchun kelganman. Bu haftalar men uchun juda og‘ir bo‘ldi.

Menga doim yonimda bo‘lgan va qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Agar ular bo‘lmaganda, tizzamdagi muammo va jarohatlar sabab bu uchrashuvlarda o‘ynay olmagan bo‘lardim.

Endi men dam olishim kerak. Shundan so‘ng tizzam operatsiya qilinadi", — dedi Neymar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!