Neymar yangi yilni qaysi jamoada boshlashi ma'lum bo'ldi

  • 01.01.2026 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik mashhur hujumchi Neymarning “Santos” jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga yetgan.

Tecno

Bu haqida mashhur jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, garchi Neymar klub bilan yangi bitimni rasmiy imzolamagan bo‘lsa-da, hamkorlik qilish bo‘yicha tomonlar o‘zaro kelishib oldi. Unga ko‘ra, 33 yoshli vinger kamida 2026 yil dekabr oyigacha klub sharafini himoya qiladi.

Avvalroq, Neymar yuqori sport formasini tiklash va 2026 yildagi jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun Evropaga qaytishi mumkinligi haqida axborotlar tarqatilgandi. Biroq vaziyat eskiligicha qoldi.

2025 yilning boshida “Santos”ga kelganidan beri Neymar Braziliya chempionatida klub safida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining transfer qiymati 10 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!