
Neymarga Turkiyadan taklif bor
Braziliyaning mashhur vingeri Neymar Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. 33 yoshli futbolchiga "Fenerbahche" qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Fanatik portali.
Manbaga ko‘ra, turk klubi Neymarga bir yillik shartnoma taklif qilgan, shuningdek, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Neymarning "Santos" bilan tuzgan shartnomasida u Evropaning istalgan klubiga bepul ketishi mumkinligi haqida band mavjud.
Joriy mavsumda Neymar barcha musobaqalarda 14 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Avvalroq OAV "Santos" Neymar bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanini xabar qilgan edi.
Fikrlar