Niderlandiya tomonlarda yangi yulduz paydo bo‘ldi

  • 1 sentabr, 2022, 22:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSV klubining yangi o‘yinchisi Xavi Simons Niderlandiya chempionatidagi debyut mavsumidayoq  porlay boshladi.

Tecno

Yosh hujumchi mamlakat chempionatining navbatdagi turida “Volendam” jamoasi darvozasiga ikkita gol urib, jamoasining 7:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Shu tariqa, Xavining eyndxovenliklar safida to‘rtta o‘yinda kiritgan to‘plari  soni oltitaga etdi.

Xavi Simonsning bu ko‘rsatkichi rekord sifatida qayd etildi. Chunki hali bu mamlakat futbolida biror o‘yinchi 19 yoshu 132 kunligida bu qadar yuqori samaradorlik qayd etmagan.

Xavi Simons “Barselona” va PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U yozda PSVga erkin agent sifatida kelgandi. U yangi klubi bilan besh yillik bitim tuzgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!