Nigeriyalik bobsleychi qizlar Olimpiadada qatnashgan ilk Afrika jamoasi bo‘ladi
Sanoqli kundan so‘ng start oladigan qishki Olimpiya o‘yinlarida bobsley bo‘yicha Nigeriya terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu terma jamoa Afrika qit’asi vakillari orasida sportning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha Olimpiadada ishtirok etgan ilk jamoa bo‘ladi.
Ular ikkilik yo‘nalishida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Pilot sobiq engil atletikachi Shon Adigan bo‘lib, uning sherigi o‘sha paytdagi holatdan kelib chiqqan holda Ngzonzi Onumera yoki Akuoma Omeoga bo‘ladi. Ushbu terma jamoa 3 trassada 5 bor Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlash joiz, Adigan 2012 yili Londonda o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida 100 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida ham ishtirok etgan. Engil atletikadagi faoliyatini tugatgach AQShda bobsley bilan shug‘ullandi. Yurtiga qaytib kelgach o‘zi kabi yuguruvchilarni jamlab, bobsley bo‘yicha Nigeriya terma jamoasini tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar