
Niginaning navbatdagi raqibi xitoylik tennischi bo‘ladi
Tailandning Nontaburi shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi “Fyuchers” Musobaqasida Nigina Abduraimova yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nigina turnirning ikkinchi davrasida tailandlik Chomputxip Yundakateni 7:5, 6:3, chorak finalda xitoylik Ying Jangni 7:5, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan tennischimiz endi xitoylik Xin Ma va Kan Tszyatsi uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar