
Nik Kirgios karantin vaqtida pionistaga aylanib qoldi
Avstraliyalik tennischi Nik Kirgios, britaniyalik raketka ustasi Endi Marrey bilan jonli efirda tashkil etilgan suhbatda karantin vaqtida alkogol ichimliklarini ko‘p iste’mol qilayotganini tan oldi.
– Sen bilan suhbatimiz davomida olti finjon vino ichib qo‘ydim. Umuman olganda, karantin davomida mening qizil musallasga bo‘lgan xohishim keskin oshdi", – deya to‘xtalib o‘tdi Kirgios.
Shuningdek, Nik, Marrey haqida ham o‘z fikrlarini aytib o‘tdi: Endi "Kuchli uchlik"dagi tennischilardan ham tajribaliroq va ulardan yaxshi o‘ynay oladi.
Fikrlar