Nima?! APLda VAR bekor bo‘lishi mumkin. Ushbu masala yozda ko‘rib chiqiladi

  • 16 may, 2024, 20:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi klublari iyun oyida bo‘lib o‘tadigan umumiy yig‘ilishda keyingi mavsumdan boshlab VARni bekor qilish taklifini ovozga qo‘ymoqchi. Biroq APL rahbariyati bu taklifga qarshi. 

"The Athletic" xabariga ko‘ra, "Vulverxempton" VARni bekor qilish g‘oyasini ilgari surgan. 6 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda klub vakillari bunday qarorni yoqlab yoki qarshi ovoz berishadi. 

"Bizning aniqlik uchun qilayotgan harakatlarimiz va to‘layotgan pullarimiz futbol ruhiga zid. Shuning uchun 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab VARni bekor qilishimiz kerak. Ushbu masalani muhokama qilish to‘g‘risidagi qaror Premer-liga PGMOL (professional hakamlar guruhi) va boshqa raqiblarimizni hurmat qilgan holda ko‘rib chiqilganidan so‘ng qabul qilindi", - dedi "bo‘rilar". 

VAR 2019 yildan buyon Angliyaning top-ligasida qo‘llanib kelinadi. 2023/24 yilgi mavsumda jamoalar va muxlislar orasida VARni tanqid qilish holatlari kuchaydi. Bunga tinimsiz vujudga kelayotgan bahsli vaziyatlar sabab bo‘lmoqda. Jumladan, "Liverpul" bir necha bor PGMOL'ga murojaat qilishgan. Bundan tashqari, "Arsenal" va "Nottingem Forest" kabi klublar ham rasmiy ayblovlar bilan chiqishgan. 

Will Premier League scrap VAR? EPL club propose vote to get rid of video  referees for 2024/25 season | Sporting News

Aprel oyida Shvetsiya VAR tizimidan voz kechgan birinchi davlatga aylandi. Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Fredrik Reynfeldtning aytishicha, ichki musobaqalar VAR tizimisiz o‘tkaziladi. Sababi 32 jamoadan 18 tasi bunga qarshi chiqqan. 

Premer-liga klublari reglamentga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega hisoblanadi. Buning uchun klub vakillarining uchdan ikki qismi ovoz berishi talab etiladi. APL rahbariyati VARning bekor qilinishi hakamlarning xatolari ko‘payishiga olib keladi va liga imijdiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblamoqda. 

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, top-6 klublar VARni saqlab qolish uchun ovoz berish niyatida. Klublar texnologiya to‘siq emas, balki yordam deb hisoblamoqda. 

Chempionat yakuniga bir tur qolganda "Manchester Siti" 88 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Arsenal"da 86, "Liverpul"da esa 79 ochko mavjud. 

Quyidagi suratda VARdan eng ko‘p "aziyat" chekkan klublar hamda VAR qaroridan foyda ko‘rgan klublarni ko‘rishingiz mumkin: 
 



 

Tecno

 

 






 




 



Karim Xudayqulov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!