Nodirbek Yakubboev hindistonlik raqibasiga qo‘l bermagani ortidan tanqidlarga uchradi

  • 27 yanvar, 11:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboev yakshanba kuni Niderlandiyaning Veyk An Zee shahrida o‘tkazilayotgan "Tata Steel Chess" turnirining “Challengers” bo‘limida to‘rtinchi turida hindistonlik Rameshbabu Vayshali bilan dona surdi va mag‘lub bo‘ldi. 

Tecno

Ushbu bahs start oldidan Yakubboev  Vayshali bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. 23 yoshli sportchining o‘zi ushbu vaziyatga izoh berdi. 

"Men Vayshali bilan o‘yinda sodir bo‘lgan vaziyatni tushuntirmoqchiman. Ayollar va hindistonlik shaxmatchilarni hurmat qilib, barchaga shuni ma’lum qilmoqchimanki, men e’tiqodim sababli boshqa ayollarga tegmayman. Buni o‘yindan oldin ayta olmadim va noqulay holat yuzaga keldi.

Vaishali va uning ukasini Hindistonning eng kuchli shaxmatchilari sifatida hurmat qilaman. Agar xatti-harakatim bilan uni xafa qilgan bo‘lsam, kechirim so‘rayman.

Yakubboev kecha bo‘lib o‘tgan sakkizinchi tur doirasidagi ruminiyalik Irina Bulmagaga qarshi o‘yinda ham shunday vaziyat yuzaga kelmasligi uchun uni oldindan xabardor qilgan. Men bu haqda Irina Bulmaga aytdim. U bunga rozi bo‘ldi", - deya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida izoh qoldirdi o‘zbekistonlik sportchi.

Ma’lumot uchun, Yakubboev Irina Bulmagaga qarshi bahsda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov Vladimir Fedoseev bilan durang o‘ynadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!