
Nodirbek Yakubboev hindistonlik shaxmatchi bilan uchrashib, unga gul va shirinlik sovg‘a qildi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Niderlandiyada "Tata Steel Chess-2025" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda yurtimizdan Nodirbek Abdusattorov "Masters" va Nodirbek Yakubboev "Challengers" ishtirok etmoqda.
Nodirbek Yakubboev turnirning to‘rtinchi turida hindistonlik Rameshbabu Vayshali bilan dona surgan edi. Ushbu bahs oldidan Yakubboev raqibasining qo‘lini siqib qo‘ymagani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Ushbu vaziyatdan so‘ng Nodirbek Rameshbabu Vaishali bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdi va tushunmovchilikni bartaraf etish maqsadida unga gullar va shirinlik sovg‘a qildi. Yakubboev "ChessBase India"ga bergan intervyusida shunday dedi:
"Nafaqat biz shaxmatchilar, balki O‘zbekiston va Hindiston xalqlari ham do‘stona munosabatda bo‘lishini istayman. Bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘rayman. Bu ikkalamiz uchun ham noqulay vaziyat bo‘ldi. Men sizni, ukangizni va barcha hind shaxmatchilarini hurmat qilaman, - dedi 23 yoshli grossmeyster.
Fikrlar