
Nokautchi Shohjahon AQShdagi jangga bormasligi sababini aytdi
Professional boksda o‘nta jangining barchasini nokaut bilan yakunlagan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini AQShda o‘tkazishi haqida ma’lum qilgan edik.
Shohjahon engilmas bokschilar turnirida ishtirok etadi
Shohjahon AQShda supernokautchi bilan jang qiladigan bo‘ldi
Mashhur bokschimiz SPORTS.uz sayti bilan bog‘lanib, "Showtime" telekanali orqali namoyish etiladigan jangda o‘zi kabi o‘nta jangning barchasini nokaut bilan yakunlagan meksikalik Xorxe Rodrigesga qarshi ringga chiqishini aytgandi.
Biroq, Shohjahonning jangi professional boks kechasi ro‘yxatidan olindi. Buni sababini bilish maqsadida bokschi bilan bog‘landik.
- Aslida jangga tayyorman, - deydi Shohjahon Ergashev SPORTS.uz axborot portaliga. - Farg‘ona viloyati tog‘larida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdim. Shuningdek, AQSh vizasini ham oldim. Lekin menejerim qo‘lingdagi jarohat butkul tuzalsin, keyin ringga chiqasan, deyapti.
Shohjahon Ergashev bir oy muqaddam chap qo‘lidan operatsiya qilingan edi. Avvalgi jangidan oldin hamyurtimiz mashg‘ulot chog‘ida qo‘lini sindirib olgan va ringga singgan qo‘l bilan chiqqandi.
Uning menejeri Oleg Bogdanov AQShdagi janglar o‘ta muhimligi, raqib kuchli va tajribali nokautchi ekanini inobatga olib, Shohjahonning qo‘li to‘liq tuzalishini kutishni ma’qul ko‘rdi.
Mana shu omillarni inobatga olib, Shohjahon Ergashev jamoasi hamyurtimiz ishtirokidagi jangni sentyabr oyiga qoldirdi.
Fikrlar