No‘’mon Hasanov "Navbahor"ning tarixiy mag‘lubiyatiga izoh berdi

  • 9 mart, 2021, 21:00
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing yangi mavsumi start oldi. Chempionatning ilk uchrashuvida "Navbahor" va "So‘g‘diyona" o‘zaro kuch sinashdi.

Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "lochinlar" ustozi No‘’mon Hasanov ishtirok etdi.

- Dastlabki daqiqalardan nazoratni qo‘lga oldik. Goldan keyin futbolchilar sarosimaga tushib, shoshib qoldi. Tanaffusda tushuntirdik, qo‘rqmay o‘ynashlari kerakligini aytdik. Muxlislarni xafa qilganimiz uchun jamoa nomidan uzr so‘raymiz. Bugun bizning kunimiz emas ekan.

Zabihillo O‘rinboev mashg‘ulotlarda jarohat olgandi. Shuning uchun bugun qaydnomaga kiritildi.

Yarim himoyada boshqa futbolchilar bor. Ular ham yaxshi o‘ynamoqda. Shuning uchun Azim Ahmedovni himoyada o‘ynatmoqdamiz.

Quvondiq Ro‘ziev vaqtida to‘pni oshirmagani uchun almashtirildi. U to‘pni o‘zida ko‘p ushlab qoldi. Shuning uchun o‘zgartirdik.

Legionerlarning bugun balki o‘yini chiqmagandir. Lekin yig‘inlarda va o‘rtoqlik bahslarida yaxshi harakat qilishdi. Ular hali o‘zini ko‘rsatadi. Uchrashuvdagi qaror chiqarishlarda biroz shoshqaloqlik qilishdi...

Balki birinchi bo‘lib gol urganimizda o‘yin boshqacha bo‘lardi. Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz bois imkoniyatni boy berdik, - dedi namanganliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akmal ismail
11/03/2021 10:24
Лагмон хасанов кулингдан келмади
Дилшод Даврлнов
09/03/2021 23:33
Barsilonaning Messisi topilmagan kurinadi Messini toping Numon oka
77 77
09/03/2021 21:32
Номон халта шуми тузган таркибинг