
Nurmagomedov - Fergyuson jangi rasman e’lon qilindi
UFCning engil vazndagi chempioni Xabib Nurmagomedov o‘z titulini Toni Fergyusonga qarshi jangda himoya qiladi. Tashkilot UFC 249 doiasida kechadigan jangni rasman 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov o‘zining so‘nggi ikki jangida Konor Makgregor va Dastin Poreni muddatidan avval mag‘lub etgan bo‘lsa, Fergyuson Entoni Pettis va Donald Serroneni taslim qilgan.
Ushbu jang bo‘lib o‘tishiga 5-bor harakat qilinmoqda. 2015 yilning dekabrida Nurmagomedovning jarohati tufayli jang bo‘lmagan. 2016 yilning aprelida esa Fergyuson jarohatlangan. 2017 yilning mart oyida Nurmagomedov ortiqcha vazn quvgani uchun jang bo‘lmay qolgan va 2018 yilning aprelida Fergyusonning tizzasida muammolar paydo bo‘lgan.
Fikrlar