"Nyukasl" bugun "Milan" futbolchisi uchun so‘nggi taklifni yuboradi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nyukasl" klubi "Milan" futbolchisi Sandro Tonalini sotib olish arafasida turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, bugun jamoalar muzokaraning so‘nggi bosqichiga kirishadi. Transfer summasi 70 million evro atrofida bo‘lishi kutilyapti. Agar bugun kelishuv amalga oshmasa, transfer butkul barbod bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas. 

Shartnoma 2029 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, Tonali yiliga 10 million evro maosh oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!