“Nyukasl”ning navbatdagi nishoni

  • 14.10.2021 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” yarim himoyachisi Frank Kessie Evropaning bir qator grand klublaridan taklif olmoqda. Ayniqsa, jismonan baquvvat futbolchining mavsum oxirida erkin agentga aylanishi unga bo‘lgan talabni oshirib yuboryapti.

Frankning o‘zi milanliklarning hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha barcha takliflarini rad etdi va faoliyatini kuchliroq klublardan birida davom ettirishni istayotganini yashirmayapti.

Endi iste’dodli futbolchi uchun kurashga “Nyukasl” ham qo‘shildi. Qishki transferlar vaqtidan boshlab o‘z tarkibiga bir necha kuchli o‘yinchilarni olib kelishni rejalashtirgan. Moddiy imkoniyatlari sezilarli darajada o‘sgan klub bugungi kunda har qanday futbolchining maoshini ko‘tara oladi.

Angliyaliklar yanvarda Kessie bilan kelishuvga erishib, uni yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!