O‘zbekiston – Kolumbiya: O‘yin prognozi berildi

  • 17.06.2026 17:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 18 iyun, payshanba kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 7:00 da start oladi.

Ekspertlarning tahliliy bahosiga ko‘ra, ushbu o‘yinda Kolumbiya terma jamoasi asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda. 

Mutaxassislar prognoziga binoan, kolumbiyaliklarning g‘alaba qozonish ehtimoli 70,2 foizga baholangan. O‘zbekiston terma jamoasining zafar quchishiga 9,6 foiz, durang natija qayd etilishiga esa 20,2 foiz berildi. 

FIFA reytingida O‘zbekiston terma jamoasi hozirgi kunda 50- o‘rinni egallab turibdi. Kolumbiya terma jamoasi esa jahon reytingining 13-pog‘onasida joylashgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!