“Obod”da kim qancha gol kiritdi?
Bu mavsum Oliy Ligada debyut qilgan “Obod” jamoasi etarlicha muxlislarga ega bo‘lib ulgurdi. Mavsum davomida bir necha bor murabbiylar qo‘nimsizligiga yo‘liqqan toshkentliklar kuchlilar safida qolishning uddasidan chiqishdi. Biz esa ushbu mavsumda “Obod” safida gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan futbolchilar bilan sizlarni tanishtiramiz.
“Obod” futbolchilari bu mavsum jami 33 ta o‘yin o‘tkazishdi va shu o‘yinlarning 7 tasida “Obod” g‘alaba qozongan bo‘lib, yana shuncha uchrashuvda durang qayd etilgan, qolgan 19 bellashuvda esa imkoniyat boy berilgan. Demak, toshkentliklar jami 31 ta gol kiritishgan va 57 bor o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishgan. “Obod”ning 31 golini 11 nafar futbolchi kiritgan. Bular:
1. Shohruz Norxonov – 19 ta
2. Pavel Solomin – 5
3-10. Sanjar Rixsiboev
3-10. Anvar G‘ogurov
3-10. Doniyor Xasanov
3-10. Alisher Mirzaev
3-10. Temur Xakimov
3-10. Sanjar To‘raqulov
3-10. Xurshid G‘iyosov
3-10. Akbar Xo‘jaev – 1 tadan
11. Akrom Komilov(“Bunyodkor”) – avtogol
Mavsum davomida Shoxruz Norxonov bitta poker hamda ikki bor dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Norxonov 19 golining ikkitasini penaltidan kiritgan. Bundan tashqari jamoa sardori – Doniyor Xasanov ham o‘zining mavsumdagi yagona golini penaltidan kiritishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvida “Bunyodkor” klubi himoyachisi Akrom Komilov o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yadi.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar