
OChL. "Navbahor" va OKMKning o‘yinlari qaysi vaqtda boshlanishi ma’lum (foto)
"Navbahor" va OKMK jamoalarining OChL pley-off bosqichida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlari qaysi vaqtda boshlanishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, OKMK Ummonning "Al-Sib" klubiga qarshi saralash bahsi 15 avgust kuni 20:00 da boshlanadi. "Navbahor"ning Qatar jamoasi "Al-Vakra" klubiga qarshi pley-off uchrashuvi 22 avgust kuni 20:30 da start oladi.
Agar OKMK Ummon klubini engib keyingi bosqichga chiqsa, "Al-Arabi" (Qatar) bilan kuch sinashadi. Bu bellashuv ham 22 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi. Start vaqti 22:30 ga belgilangan.
Fikrlar