OChL. OKMKning raqibi "Sepaxon" tarkibida 11 nafar Eron terma jamoasi futbolchisi bor

  • 22 oktabr, 2023, 13:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 3-tur doirasida OKMK Olmaliqda Eronning "Sepaxon" jamoasini qabul qiladi.

"Sepaxon" jamoasi 1953-yilda tashkil topgan. Jamoani taniqli mutaxassis Portugaliyalik Joze Moraish boshqaradi. Klub muvaffaqiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, "Sepaxon" 5 karra mamlakat chempioni va 4 karra Eron kubogi g‘olibi sanaladi.

Jamoa ayni damda ichki chempionat bahslarida 5 o‘yindan so‘ng 15 ochko jamg‘arga holda 2-pog‘onani band etgan. Tarkibda Eron milliy terma jamoasiga a’zo 11 futbolchi mavjud.

OKMK — "Sepaxon" uchrashuvi 23-oktyabr kuni Olmaliqdagi "OKMK sport majmuasi"da 19:00da boshlanadi.

OKMK (O‘zbekiston) – "Sepaxon" (Eron)

Bosh hakam: Ahmad Alali (Quvayt)

Yordamchi hakamlar: Abdulhadi Alanezi, Ahmad Abbos (ikkalasi Quvayt)

Zaxira hakami: Xiroki Kasaxara (Yaponiya)

VAR: Abdulloh Jamoli (Quvayt)

AVAR: Abdulloh Alkandari (Quvayt)

Nazoratchi: Ali Hamad Madhad Saif Albedvavi (BAA)

Komissar: Ali Hamud Al Naimi (Qatar)

Mahalliy media ofitser: Kamoliddin Abdullaev

Mahalliy bosh koordinator: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!