O‘FA Turkiyaning etakchi qurilish kompaniyalari bilan Yangi Toshkent stadionini muhokama qildi

  • 19 noyabr, 15:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiasiyasida Turkiyaning etakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu hada O‘FA rasmiy kanali xabar berdiyu

Tecno

"Mazkur uchrashuv davomida Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari — “KOC Construction” va “Bahadir Kul Architects” vakillari O‘zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Yangi Toshkent Markaziy futbol o‘yingohi bo‘yicha o‘zlarining kontseptual loyihalarini taqdim etdilar.

Taqdimot jarayonida mehmonlar stadionning arxitektura echimlari, konstruktiv imkoniyatlari, muxlislar uchun yaratiladigan zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, sportchilar hamda texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan ichki majmualar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

O‘FA rahbariyati loyiha bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, stadion qurilishida barcha texnik me’yorlar va jarayonlarning FIFA talablariga to‘liq mos bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, muxlislar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar", -- deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!