OʻFA va OʻzPFL rahbariyati Superliga jamoalari vakillari bilan yigʻilish oʻtkazdi

  • 20.02.2026 02:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yangi mavsum oldidan Superliga jamoalari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bugun OFA hamda UzPFL rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari, reglament talablari, infratuzilma masalalari va bir qator muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida klublarga infratuzilmani doimiy ravishda yaxshilab borish, akademiyalar va ayollar futbolini rivojlantirishga e’tibor qaratish, shuningdek, klublar faoliyatini professional tarzda tashkil etish masalalari yana bir bor eslatib o‘tildi.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan jamoalar vakillarining savollariga batafsil javob berildi hamda yangi mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!