OFK koronavirus sabab Osiyo chempionlar ligasining barcha o‘yinlarini qoldirdi
Osiyo futbol konfederatsiyasi shiddat bilan tarqalayotgan koronavirus epidemiyasi sabab Osiyo Chempionlar ligasining barcha uchrashuvlarini bir oy muddatga kechiktirdi.
Unga ko‘ra OChL guruh bosqich o‘yinlari martdan emas aprel oyidan davom ettiriladi. Pley-off o‘yinlari esa avgustdan noyabrga ko‘chiriladi.
Eslatib o‘tamiz, OChLda O‘zbekiston sharafini Toshkentning “Paxtakor” klubi himoya qilib kelmoqda.



Fikrlar