
OFK o‘zbek klublarini e’tirof etdi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi milliy chempionatlarga e’tibor qaratdi. Coca Cola Superligasida ishtirok etuvchi jamoalar orasida Olmaliqning AGMK klubi Osiyo futboli mutasaddilarining e’tiborini o‘ziga qaratdi. Biz esa maqolaning biz uchun taalluqli qismini tarjima qilishga qaror qildik.
O‘zbekiston: AGMK "Paxtakor" yo‘qligida farqni qisqartirdi
Payshanba kuni o‘zining ketma-ket 3-g‘alabasini nishonlagan AGMK "Paxtakor" yo‘qligidan foydalanib, oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari "Surxon"ga qarshi Darko Stanoevichning avtogoli hisobiga g‘alaba qozondi va peshqadam bilan 2 ochkolik farqni yuzaga keltirdi. Biroq amaldagi O‘zbekiston chempioni Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki tufayli, 2 ta kam uchrashuvda maydonga tushgan.
Olmaliqliklar 3-o‘rindagi "Nasaf"dan 6 ochko oldinda. "Ajdarlar" bugun 10-pog‘onani band etgan "Mash’al"ga qarshi harakat qiladi va umumiy o‘yinlari sonini 18 taga etkazib, bu borada AGMK bilan tenglashib oladi. Qanday natija qayd etilishidan qat’iy nazar, Qosimov shogirdlari tur yakuniga ko‘ra, 2-o‘rinni saqlab qoladi.
Titul poygasidan tashqarida bo‘lsa-da, "Lokomotiv" so‘nggi bahslarda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Mavsumni tushunarsiz boshlagan "temiryo‘lchilar" jamoa boshqaruviga Andrey Miklyaev kelganidan so‘ng, ketma-ket o‘yinlarda muhim ochkolarni jamg‘arib kelmoqda. Ular "Metallurg"ga qarshi kechgan uchrashuvda 2:2 hisobida durangga imzo chekdi va mag‘lubiyatsiz seriyani 4 o‘yinga etkazdi.
Fikrlar