OFKning "A" litsenziyasi uchun murabbiylik kursi boshlandi
18 aprel kuni futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida OFKning «A» litsenziyasi uchun murabbiylik kursining 1-moduliga start berildi.
Ushbu kurs jarayonini FIFA instruktori Usmon Toshev boshqarib bormoqda. Instruktor assistenti sifatida Shamil Iseev faoliyat olib boryapti. Koordinator vazifasini esa etakchi mutaxassis Davron Qudratullaev bajarmoqda.

20 nafar murabbiylar ishtirok etayotgan mazkur o‘quv kursi 6 kun davom etadi. O‘quv kursi davomida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo‘ljallangan OFKning murabbiylik bo‘yicha «A» litsenziyasini qo‘lga kiritishadi.
O‘FA matbuot xizmati.



Fikrlar