
OKMK "Nasaf" tarbiyalanuvchisini nishonga oldi!
Olmaliqning OKMK klubi yangi mavsum uchun tayyorgarligini rejaga binoan davom ettiryapti. E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, tarkibni ko‘plab etakchi futbolchilar tark etishdi. Ma’lum bo‘lishicha, OKMK jamoasi tarkibni yoshartirish yo‘lidan boryapti va transfer bozorida ham shunga ahamiyat qaratishni lozim topishyapti.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, OKMKning navbatdagi nishoni iqtidorli o‘yinchi Aziz Xolmurodov bo‘lib turibdi. U “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchisidir. O‘tgan yilning ikkinchi davrasini “Turon”da o‘tkazdi. Umumiy hisobda o‘tgan yili Aziz jami 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, bu yil 21 yoshni qarshilaydigan yarim himoyachi “Nasaf” klubi afsonalaridan biri Zafar Xolmurodovning o‘g‘li. Tez orada Aziz Xolmurodov OKMKda paydo bo‘lsa ajablanmang!
Fikrlar