
Oksana Chusovitina: Motivatsiyani o‘ldirishdi
Biroz avval O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio-2020 ochilish marosimiga bir kun qolganida o‘z bayroqdorlarini almashtirgani haqida xabar bergan edik. Gimnastikachi Oksana Chusovitina "Sputnik"ga bergan intervyusida bu o‘zgarish haqida fikr bildirdi.
"Bilasizmi, ular nima uchun o‘zgartirishganini menga tushuntirshmadi. Shunchaki, men bormasligimni aytishdi, xolos. Motivatsiyani o‘ldirishdi. Bunday qilib bo‘lmaydi. Tushuntirib berishsa bo‘lgani edi, biz hammamiz insonmiz va hamma narsani tushunamiz", - dedi sportchi.
Ma’lumot uchun, avvalroq MOQ Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning bayroqdorlari badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobousmon Boturov bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.
Fikrlar