Oladigan bormi? “Bavariya” mashhur futbolchisini transferga qo‘ydi!

  • 12 iyul, 2024, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” mutasaddilari klubning frantsiyalik legioneri Kingsli Komanni transferga qo‘ydi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyatiga 28 yoshli hujumkor futbolchining keyingi paytda ko‘p jarohat olayotgani qoniqtirmagan.

Ular yangi bosh murabbiy Vensan Kompani yangi mavsumda Kingsliga imkoniyat bermaydi va uning o‘rniga yangi o‘yinchi Maykl Oliseni o‘ynatadi, - degan qarorga kelgan.  

Yakunlangan mavsumda Kingsli Koman barcha turnirlarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va uchta assist bilan kifoyalandi.

Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan va transfer summasi bugungi kunda 50 million evroni tashkil qilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!