
Olimpiya mash’alasi Yaponiyaning barcha hududlaridan olib o‘tiladi
"Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlarining Tashkiliy qo‘mitasi Olimpiada mash’alasi estafetasining yo‘nalishini tasdiqladi. Tashkiliy qo‘mita saytida ma’lum qilinishicha, estafeta 2021 yil 25 martda Fukusima prefekturasida boshlanadi va mamlakatning barcha 47 prefekturasidan olib o‘tilib, 23 iyulda Tokioga etib keladi.
Olimpiya mash’alasi Yaponiya hududidan 121 kun davomida olib o‘tiladi. Tashkiliy qo‘mita Olimpiya mash’alasi estafetasi paytida xavfsizlikni ta’minlash uchun koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi qator choralarni belgilab qo‘yganini ma’lum qilgan.
Fikrlar